

Endi “Manchester Yunayted” fan-klubi a'zolari "qizil iblislar" ishtirokidagi barcha uchrashuvlarni “Uz Arena”da tomosha qiladi.

Angliya chempionati 27-turdan o'rin olgan "Manchester Yunayted" va "Bornmut" o'rtasidagi uchrashuvini tomosha qilish uchun "UzArena"ga "Manchester Yunayted" fan-klubi a'zolari tashrif buyurdi.

Ispaniya chempionati 26-turida “Barselona” o'z uyida “Selta” klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun “Barcamania Tashkent” fan-klubi a'zolari “Uz Arena”ga tashrif buyurdi.


Takidlash kerakki, "Barcamania Tashkent" fan-klubi a'zolari bilan birgalikda ushbu bahsni tomosha qilish uchun taniqli radiosi boshlovchi, aktyor Akmal Mirzo "UzArena"ga tashrif buyurdi.


Bu turda Madridning “Real” klubi “Eybar” jamoasi mehmoni bo'ldi va raqiblarini yirik 4:1 hisobida yanchib tashladi. Ushbu bahsni tomosha qilish uchun “Uz Arena”ga “Madridista Uzbekistan” fan-klubi a'zolari ham tashrif buyurdi va sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatladi.


Jahongir Sotvoldiev



