Keza "Yuventus"ning "Napoli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
10 sen 2021
"Yuventus" forvardi Federiko Keza jarohat sabab A Seriya 3-turi doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinda harakat qilmaydi.

Futbolchi Italiya terma jamoasi ixtiyorida jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvdan so'ng Kezada jiddiy jarohat yo'qligi ma'lum bo'ldi, ammo u baribir shanba kungi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bahsda shuningdek Paulo Dibala, Danilo, Aleks Sandro, Rodrigo Bentankur va Xuan Kuadrado ishtirok etishmaydi.

"Napoli" - "Yuventus" o'yinin ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.


AlisherMuallif
Manba: juvefc.com