Keza: "Italiya Kubogi "Yuventus" uchun muhimdir"

Alisher
28 yanv 2021
"Yuventus" forvardi Federiko Keza Italiya Kubogi 1/4 final diorasidagi SPALga qarshi o'yindagi g'alaba haqida gapirdi.

"Yuventus" Italiya Kubogida imkon qadar uzoqqa borishga bel bog'lagan. Bu musobaqa biz uchun muhimdir. Jamoa sovrin yutmoqchi, ammo biz hozir "Sampdoriya"ga qarshi o'yinga ahamiyatimizni qaratishimiz kerak.

Shundan so'ng yarim final haqida o'ylaymiz. "Yuventus"da juda tig'iz taqvim, ammo biz har qanday qiyinchilikka tayyormiz", - deydi hujumchi.

Andrea Pirlo jamoasi Italiya Kubogi 1/2 final doirasida Milanning "Inter" jamoasi bilan kuch sinashadi.


AlisherMuallif
Manba: RAI Sport