Keyn The Atletic talqini bo'yicha "Oltin to'p"ga asosiy davogar

5 apr 2026, 10:55
The Atletic sport sayti "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish mumkin bo'lgan futbolchilarning yangilangan reytingini tuzib chiqdi.

Reytingda 10 nafar futbolchi bor. Birinchi o'rinni "Bavariya" va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Xarri Keyn egalladi.

Butun top-10 quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Xarri Keyn (Bavariya);

2. Kilian Mbappe (Real);

3. Lamin Yamal (Barselona);

4. Deklan Rays (Arsenal);

5. Vitinya (PSJ);

6. Maykl Olise (Bavariya);

7. Pedri (Barselona);

8. Usman Dembele (PSJ);

9. Erling Xoland (Manchester Siti);

10. Vinisius Junior (Real).


Manba: The Atletic