Keyn: "Salah - fantastik futbolchi"

Tolibjon Qosimov
3 apr 2018, 22:03
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Liverpul" yetakchisi Muhammad Salah haqida gapirib o'tdi.

Ayni paytda APL to'purarlari poygasida Salah aynan Keynni ortda qoldirib birinchi pog'onada bormoqda.

"Salah - fantastik futbolchi. Ammo, men uni to'purarlar poygasida quvib o'tishga umid qilaman. Bu oson bo'lmaydi, lekin harakat qilaman. Muhammadda ayrim ustunliklar bor. Men u bajarayotgan ayrim narsalarni amalga oshira olmayman. Shuning uchun diqqatni faqat o'zimga qarataman", - dedi Keyn.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Mirror