Keyn: "Ikkinchi taymdagi ikkita tezkor gol "Tottenxem"ga yordam berdi"

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023
"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda qo'lga kiritilgan yirik g'alaba (4:0) xususida fikr bildirdi.

"O'ylaymanki, biz o'yinni yaxshi boshladik, dastlabki 15-20 daqiqada yaxshi pressing qildik va hujum qildik, ammo oxirgi uzatmada aniqlik etishmadi. Ikkinchi taymdagi ikkita tezkor gol o'yinni hal etishga yordam berdi", – dedi Keyn.

"Tottenxem" 33 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "Kristal Pelas" esa 22 ochko bilan 12-o'rinda ketyapti.

Avvalroq Keyn Shirerning APLdagi rekordini yangilagani e'lon qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC