

"O'z foydamiz uchun "Uembli"dagi atmosferadan foydalanishimiz kerak. Muxlislarning qo'llashidan foydalanishimiz va g'alaba qozonishimiz lozim. Bu shunchaki oddiy o'yin emas. Biz shotlandiyalik futbolchilarni va ularning muxlislarini bilamiz. Agar biz yutqazib qo'ysak, bu mag'lubiyat haqida uzoq vaqt eshitamiz. Bizning raqibligimiz shunchaki emas. Biz bu o'yinning qanchalik muhimligini bilamiz va uni kutamiz", - deya Keynning so'zlarini keltirmoqda "Sky Sports".



