

32 yoshli posbon Zinedin Zidan jamoaning asosiy tarkibiga Tibo Kurtuani qo'yishini ma'lum qilganidan so'ng klubini o'zgartirishi kutilayotgandi. Navas "Qirollik klubini" tark etishga qarshi emas.
Lekin, kosta-rikalik darvozabonning yangi jamoasi unga yiliga 7 million evro maosh to'lashini istayotganini ma'lum qildi.
Keylor uchun faqat MYU va PSJ kurashishi kutilayotgandi. Ammo, hozirda mankunianliklar David De Xeani saqlab qolishga urinishmoqda. Parij klubiga Leonardo sport direktori etib tayinlanganidan so'ng, "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJning asosiy maqsadiga aylangan.
Shuningdek, "Portu" va "Benfika" singari Portugaliya klublaridan takliflarp bo'lgan, ammo ular Navasning talabini bajara olishmaydi.
Shunday ekan, yana 2 yillik shartnomasi bor Navas "Real"da qolishi haqiqatga yaqin.




