Keylor Navas “Leyptsig”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

PSJ darvozabonida muammo bor.

Keylor Navas sonidagi muammolar sabab 18 avgustda “Leyptsig”ga qarshi o'tkaziladigan YCHL 1/2 finali bahsida PSJga yordam bera olmasligi mumkin. Navas 1/4 final doirasida “Atalanta”ga qarshi (2:1) bahsning 79-daqiqasida sonidan jarohat olib maydonni tark etgandi.

Tibbiy ko'riklar Navasda sonning ikki asosiy mushaklari jarohat olganini tasdiqlagan. Navbatdagi tibbiy ko'rik esa 15 avgustda o'tkaziladi.


Manba: ПСЖ расмий сайти