Kevin yaqin 48 soat ichida yangi klubi bilan shartnoma tuzadi - Fabricio Romano ​

Sherzod Nurmatov
27 may 2025
"Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne yaqin soatlarda Neapolga keladi.

U "Napoli" bilan 3 yillik kelishuv shartlarini kelishib olishi lozim. Italiyaliklar yaqin 48 soatda shartnomaga imzo chekilishidan umidvor. De Bryuyne erkin agent sifatida o'tadi va 3 mavsumda 27 mln evro ishlab topadi.

Avvalroq "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis belgiyalik futbolchi faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano