Kevin De Bryuynega Saudiya Arabistonidan yana bir variant paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2025
Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"dan so'ng faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekani ma'lum qilindi.

Saudiya Arabistoni chempionati klublari "shaharliklar"ning hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"GiveMeSport" ma'lumotlariga ko'ra, ikkinchi diviziondagi "Neom" klubidan tashqari futbolchiga "Al Qodisiya" tomonidan qiziqish bo'lyapti. Shuningdek, u Yevropa klublari va Amerikaning "San-Diego" jamoasidan takliflar olgan. 

Avvalroq De Bryuyne mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etishini e'lon qilgandi. U joriy mavsum 30 o'yinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport