

"4 ta musobaqada ham g'olib bo'lish, deyarli ilojsiz narsa. Imkon qadar ko'p o'yinlarda g'alaba qozonishga e'tibor qaratamiz. Ushbu natijasha erisha olsak, eng yaxshi jamoa sifatida tarixdan o'rin olamiz. Sababi, bu ishni oldin hech kim qila olmagan. Biz bunga harakat qilamiz. Agarda, Chempionlar Ligasi final uchrashuvidan oldin 3 ta sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsak, to'rtinchi titul to'g'risida ham o'ylab ko'ramiz", – dedi de Bryuyne.
"Manchester Siti" Angliya liga Kubogi finalida "Chelsi"ni mag'lubiyatga uchratib (0:0, penaltilar bo'yicha – 4:3) , 6-marta sovrin egasiga aylandi



