Kepa: "APL - darvozabonlar uchun juda og'ir liga"

Mirjalol Normatov
26 iyul 2021
Darvozabon Kepa Arrisabalaga 2018 yili "Atletik"dan "Chelsi"ga o'tishi haqida gapirdi.

"8 avgust kuni shartnoma imzoladim. 11 avgust kunida esa "Xaddersfild"ga qarshi "Chelsi"dagi ilk o'yinimni o'tkazdim.

Barchasi tez sodir bo'ldi. Asta-sekinlik bilan real hayotga qaytdim. Jamoadoshlarimni bilardim, ammo, ularni faqatgina televizor orqali ko'rganman. Inglizchani bilishimga kelsak, unchalik yaxshi emasdi.

Baxtni qarangki, ular meni tez qabul qilishdi. Asosiysi - tarkibda ispaniyalik futbolchilar ko'p edi. Jamoadagi ilk mavsumim yaxshi o'tdi. Darvozabonlar uchun og'ir hisoblanadigan APLga tezda moslashib ketdim. YCHLga qaytdik, Yevropa ligasini yutdik. Eng yaxshisi - Ispaniya termasi asosiy tarkibida ham o'ynay boshladim", - dedi posbon.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal