

Kenja To'raev birinchi davradan so'ng "Sho'rtan"ni tark etgani haqida ma'lumot bergandik. Shundan so'ng hujumchi bir muddat "Olmaliq" bilan shug'ullangandi. Ammo Kenja To'raev "Olmaliq"da qolmadi.
"Nasaf" hamda "Sho'rtan" safida to'p tepgan hujumchi endilikda vohaning boshqa jamoasi "Mashal" bilan shartnoma imzoladi.
Kenja To'raev Botir Qoraevdan so'ng Qashqadaryoning har uchala klubida to'p tepadigan futbolchiga aylandi.



