Kenedi Chelsi tarixida tezkorligi bo'yicha ikkinchi golni urdi
Narzulla Saydullayev
2 mar 2016
APL 28-turidan o'rin olgan Norvichga qarshi o'yinda Chelsi hujumchisi Kenedi 39-soniyada gol urdi.
Ushbu gol klub tarixida tezkorligi bo'yicha ikkinchi gol bo'ldi. Chelsining eng tezkor golini 2004 yilda Eydur Gudonsen urgan. Islandiyalik hujumchi Arsenalga qarshi o'yinning 27-soniyasida hisobni ochgandi.