

"Shartnoma imzolash uchun kamida ikki tomon bo'lishi kerak. Jorjio Evroga yo'l olgandi va bor e'tiborini o'sha musobaqaga qaratgandi. "Yuventus" bilan muammo yo'q, biz keyinroq uchrashishimizni aytganmiz. Ammo hali yangi kelishuvni muhokama qilish uchun stol atrofida yig'ilmadik.
Agar Yevropaning boshqa top-klubidan taklif tushsa nima qilish kerak? Avvaliga biz taklifni olishimiz lozim. Hozirgi kunda bu narsa yo'q. Biz "Yuventus" muzokara kunini ma'lum qilishini kutyapmiz", - dedi agent.



