Kelliniga MLS'dan "Cincinnati" qiziqmoqda. Himoyachi "Yuve"dan tekinga ketishi mumkin

Alisher
21 may 2021
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini mavsum so'nggida Amerikaning MLS'iga yo'l olishi mumkin.

36 yoshli italiyalik futbolchiga "Cincinnati" klubi qiziqish bildirmoqda.

Jamoa Sharqiy konferenciyada 4 o'yindan so'ng jadvalda to'rtinchi o'rinda bormoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Kellinining Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira