Kellini Italiya TJdagi xayrlashuv uchrashuvini qachon o'tkazmoqchiligini aytdi

Eldor Akmurzayev
26 apr 2022
“Yuventus” a'zosi Jorjio Kellini Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini e'lon qildi.

“Agar hammasi joyida bo'lsa, 1 iyun kuni “Uembli”da Argentinaga qarshi o'yinni o'tkazaman. Ana shunday bayramona uchrashuvda terma jamoa va ko'k forma bilan xayrlashmoqchiman. Evroda g'alaba qozonish orqali faoliyatimning cho'qqisini boshdan kechirdim”, deydi Kellini.

Eslatib o'tamiz, Italiya hamda Argentina termalari o'rtasidagi Superkubok bahsi Yevropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) va Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) o'rtasidagi 2028-yilgacha davom etadigan hamkorlik doirasidagi birinchi uchrashuv bo'ladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: DAZN