Kellini "Bavariya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 mar 2016, 14:16
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

31 yoshli futbolchi "Inter"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. U bir necha kun oldin mashg'ulotlarni boshladi, ammo Kellinining Myunxenda o'ynash imkoniyati juda past.

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Kellini "Bavariya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishiga umid bildirmoqda. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuv 2:2 hisobida yakun topgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport