Kelishmovchilik davom etadi: Kavani Neymar sabab PSJdan ketmoqchi

Tolibjon Qosimov
17 okt 2017, 11:24
PSJ hujumchisi Edinson Kavani Neymar bilan kelishmoqchilik sabab boshqa klubga o'tishni xohlayapti.

"Manchester Evening News"ning ma'lum qilishicha, urugvaylikka "Real", "Manchester Yunayted" va "Everton" qiziqish bildirgan.

Braziliyalik va urugvaylik hujumchilar "Lion"ga qarshi o'yin (2:0)da penaltini tepish uchun tortishib qolishgan edi. Yakunda, chempionatning eng yaxshi to'purari bo'lishni niyat qilgan Kavani to'pni sherigiga bermagan va 11 metrlikdan gol ura olmagan edi. Shundan so'ng, har ikki o'yinchi o'rtasida kiyinish xonasida ham to'qnashuv ro'y bergan. Keyinroq, Neymar o'z harakati uchun uzr so'ragan.

Eslatib o'tamiz, Neymar ushbu yozda PSJga "Barselona"dan 222 million evro evaziga o'tgan edi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Manchester Evening News