Kechagi uchrashuvda ikkita assist qayd etgan Fayzullaev bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
19 sen 2024, 09:50
Kecha Rossiya kubogining navbatdagi turida SSKA "Krasnodar"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Har ikki golga Abbosbek Fayzullaev assist qayd etdi. 

Bahs yakunidan so'ng terma jamoamiz a'zosi uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuvda g'alaba qozondik, kayfiyatlar a'lo. Bugungi uchrashuvda muxlislar ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Uch ochkoga ega bo'ldik, olg'a yurishda davom etamiz. Har bir uchrashuvda uch ochko uchun harakat qilamiz. Bugun o'xshadi. Keyingi o'yinlarda ham ajoyib harakat qilib, uch ochkolarga ega bo'lamiz", - dedi Abbos.


KhojaMuallif
Manba: sovsport