

- Shahzod dubl va keyingi bosqich yo'llanmasi muborak bo'lsin, o'yin haqida nima deya olasiz?
- Bugungi o'yin qiyin bo'ldi, xudoga shukur g'alaba qozondik. Alhamdulilloh! Qiyin o'yin bo'ldi, raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik. Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik.
- Gollarni kimga bag'ishlaysiz?
- Ota-onam, buvam, bobom, amakilarim, tog'alarim va hamma yaqinlarimga bag'ishlayman. Murabbiy menga ishondi, ishonchni oqladim deb o'ylayman.
- Bekobodda ertaga oshmi?
- Ha, ertaga Bekobodda osh (kuladi).
Eslatib o'tamiz, Nematjonov Gvatemala bilan o'yinning 9 va 20-daqiqalarida ikkita gol urdi.




