Kechagi kun qahramoni Amad Diallo: "Jamoadoshlarim mendan mamnun ekanidan xursandman"

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024
Amad Diallo "Siti" bilan o'yindan so'ng klubning "MUTV" telekanali uchun intervyu berdi.

"Biz faqat Siti ustidan qozonilgan g'alabadan xursand bo'lishimiz mumkin.

Men bu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun har kuni tinimsiz mehnat qilyapman. Jamoadoshlarim mendan mamnun ekanidan xursandman. Har safar mashg'ulotlarda ularni kuldiraman.

Hozirgi tizim talabchanlikka asoslangan. Men pressing qilsam, 100% kuchimni sarflashga urinaman", – dedi Diallo.

Eslatib o'tamiz, Amad Diallo "Manchester derbisi"da dastlab MYU foydasiga penalti ishladi va jamoasining ikkinchi golini ham urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MUTV