– Ko'p yillar davomida Paxtakorda faoliyat olib borb, shu jamoada futbolchi bo'lib tanildingiz, shaxs sifatida kamol topdingiz. 10 yil o'tib esa...
– Hamma qachondir ketadi. Mening ham vaqtim kelgan ekan jamoani almashtirdim. Aslini olganda yil boshida ketishim mumkin edi, ammo bu davralar oralig'ida amalga oshdi. 10 yil qisqa vaqt emas, Paxtakordagi faoliyatim tufayli O'zbekiston milliy terma jamoasi safida harakat qildim. Chempion bo'ldim, kubok sohibi bo'ldim. 10 yil chakana vaqt emas. O'ylasam ko'p narsani aytishim mumkin. Paxtakor nom ham berdi, non ham.
– Siz 10 yil davomida Paxtakorda uchta davrni boshdan kechirdingiz. Dastlabkisi 2003 yillar, siz kattalar ichida kichigi. Keyin 2007 yilni olamiz. Paxtakor – Bunyodkor qarama-qarshiligi va bugungi davr. Faoliyatingizni davrma-davr eslasak...
– 2007 yilgacha biz juda kuchli tarkibga ega edik. Tarkibizmida 25ta bola bo'ladigan bo'lsa, ularnig barchasi asosiy tarkibga kirishga haqli edilar. Undan tashqari raqobat ham yuqori bo'lmadi. Bunyodkorni oliy ligaga chiqishi esa qiziqarli davr bo'ldi. Stadionlar to'ldi, qiziq o'yinlar soni ortdi. Bu davr uch yil davom etdi. Haqiqiy derbi mazasini ham o'shanda tatigan edik. Hozir esa jamoa o'z safini yoshartirib yubordi. Paxtakorni yoshlari kuchli faqat ularni to'g'ri tarbiyalay olish lozim. 8 emas 4 nafar yaxshi bola chiqsin, jamoaning kelajagi buyuk bo'lib qolaveradi.
– O'tgan yili jamoa erishgan chempionlikda Sizni rolingiz, yani kichik jamoadoshlaringizni maydonda qo'llab-quvvatlashingiz juda ham as qotdi. O'z paytida Paxtakorga kelganizda Sizga ham shunday munosabatda bo'lishgan edi...
– 2003 yil jamoaga kelganimda Baxtiyor Ashurmatov va Gochkuli Gochkulievlardan ko'p narsa o'rganar edim. Ular qanday mashg'ulot qilishadi, kundalik ishi qanday? Bularni barini o'rganib borardim. U paytlar Jeparov yosh bo'lsada, jamoani yetakchisi va ancha tajribali o'yinchisi edi. Krimec va Ismatullaev kabi futbolchilarning xizmatida men katta rol tutdim deya olmayman. Maslahat so'rashganida berdim, boshqa payt o'zlarining qiziqishlari ham katta o'rin tutdi.
– 10 yil katta davr va solishtirish uchun ayni muddao. Hozir yosh futbolchini katta futbolchi bilan o'rtasidagi muvozanat buzilib qolgandek. Sizning yoshligingizda bu qanday bo'lgan?
– U paytda kattalardan avval ovqat emas edik. Avval kattalar kirib chiqisha edi, keyin biz. Avvalo bu klublarni yaratayotgan sharoitiga ham bog'liq. Qandaydir yangilanish olib kirishni istayotganlar bor. Mening fikrim, kattalar va yoshlar o'rtasida masofa bo'lishi kerak!
– O'z paytida Paxtakorda Anvar Soliev bilan juda ham axil bo'lgansiz, hozir ham. Sizni Lokomotivga ketishingiz va Anvar akani Paxtakorga qaytishi. Bu futbolchi bilan yana bir jamoada o'ynay olmaganiz alam qildimi?
– Anvar akani jamoada o'z o'rnimni topib ketishimda juda katta mehnati yotibdi. Meni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlab o'z ukasidek ko'rdilar. O'z paytida ular Paxtakordan Bunyodkorga o'tdilar, men esa bugun Lokomotivga. O'sha paytlar Anvar akadan tashqari, Ashurmatovdan ko'p narsa o'rganar edim.
– 2008-09 yillarda Bunyodkor Siz bilan jiddiy qiziqdi. Keyin Nasaf. Bugungi kunda Siz kabi sodiq o'yinchilar kamayib ketdi...
– Hamma futbolchi o'zi uchun qoniqarli sharoitda o'ynashni istaydi. Men faoliyatimni Paxtakorda tugataman deb o'ylardim. 2012 yil chempion bo'ldik, men jamoadan ketaman deb o'ylamangan ham edim. Shu erda murabbiy bo'lib qolishni rejalashtirgandim. Faoliyatimni tugatish uchun 30 yoshni ancha erta deb bildim.
– Faoliyatingizda tramplin vazifasini o'tab bergan Mashal haqida to'xtalib o'tsangiz...
– Bu futbolga ilk qadamlarimiz edi. Bunda Bahrom Davlatovning xissasi katta bo'ldi. Aslida Davlatov meni Yangierga chaqirgan edi. Nasafga qarshi birinchi o'yinimni o'tkazganman. Keyin esa Mashalga bordik. Aslida Mashalda ishim zo'r boshlanmagan. 1 ligada qatnashar edik, tizzamdan jiddiy jarohat oldim. Mavsum deyarli boshlanish arafasida, bitta jamoa tarkibida esa ikkita yosh o'yinchi tushishi kerak edi. Shunda jamoa rahbarlari meni hech bo'lmasa bir davra o'ynab berishimni iltimos qilishdi. Bazan o'yin paytida oyog'im chiqib ketar edi. Bint bilan qattiq qilib bog'lab, yana maydonga tushib ketar edim. Oliy ligaga chiqqanimizdan keyin mavsumni to'liq asosiy tarkibda o'tkazdim, keyin Paxtakor meni o'z safiga chaqirdi.
– Bolaligingiz qanday o'tgan?
– Men bolalar futbolidan chiqmaganman. 9 sinfda Yangier ko'rigidan o'tish uchun bordim va o'ynab ketdim. Undan avval bironta jamoaga borib ko'p yillar davomida shug'ullanmaganman.
– Sizdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bugungi kundagi murabbiylarning ish uslubi to'g'ri emas. Bironta istedodli bolani murabbiyga ko'rsatmang, javob bitta, qarib qolgan, meni jamoam 5 yildan beri birga shug'ullanadi.
– Shu gapingiz juda ham to'g'ri. Men-ku, 15 yoshimda futbolga bordim. Bazan mendan farzandlarini biron jamoaga joylab qo'yishimni iltimos qilshadi. Ammo yordam bera olmayman. Masalan dastlabki musobaqalarda qatnashganimda zo'r o'yinchilar bo'lardi, hozir ular yo'q. Mana Ro'ziqul Berdievni olaylik, harbiy xizmatdan keyin o'z faoliyatini boshlagan. Bu kishi yarim himoya chizig'ida eng zo'r o'yinchilardan biri bo'lgan. Nasafni eng oldi futbolchisi edi.
– Yoki Xorazmni sobiq futbolchisi Sarvar Ibodullaevni olaylik. Kirakashlik qilib yurganida futbolchi do'stini mashg'ulotga tashlab qo'yadi, mashg'ulotda o'yinchi kamligi uchun maydonga chiqadi va birinchi liga to'purari bo'ldi. O'shanda u 26 yoshda edi.
– Sarvar ozroq o'ynadi to'g'ri. Ammo Ro'ziqul Berdievga mana-man deganlar ham havas qilishgan. Keyin ikkinchi tomon ham bor. Bazan ota-onalar o'z farzandlarini juda ham zo'r deydilar. Hech qaysi ota-ona o'z bolasini yomon demaydi.
– Bolalar futbolida selekciyani jiddiy yo'lga qo'yish kerak degan fikrga qanday qaraysiz?
– Selekciya kerak, ayniqsa selekcionerlar. Yoki yana bir narsa, ko'p futbolchilar bir jamoada o'ynaydida, mavsum tugaganidan keyin rahbarlar unga chiqish eshiklarini ko'rsatishadi. Bazan alam qiladi. Shu kungacha faqatgina Mirjalol Qosimovni xayrlashuv uchrashuvi bo'lganligini eslaymiz.
– Turnirlarni futbolchining faoliyatidagi ahamiyati qanday?
– Juda ham katta! Mayli hamma Toshkentga kelmasin, ammo markaz va tumanlarda o'tkazsa bo'ladi. 10ta mashg'ulotdan bitta o'yin yaxshi. Musobaqalar orqali yoshlar katta futbolga tayyorlanadi. Qishloqda oddiy mashg'ulot o'tkazib yuraveradi, oliy ligaga chiqsa o'zini yo'qotib qo'yadi. Turnirlar orqali o'zini ruxan ham tarbiyalab boradi.
– Koreyada shu narsaga guvoxi bo'ldim-ki, bitta o'yinchiga kamida 7ta imkoniyat berishar ekan. Bu borada Sizni omadingiz bor ekan bir urinishda jamoa topdingiz. Ko'plab istedodlar esa dastlabki mashg'ulotda hayajonlanib futboldan chetga chiqib qolishyapti.
– Ko'proq liga ochish kerakmi deyman. Avvallari viloyatlarda ikkinchi ligalar qiziqarli o'tgan.
– Oliy ligani saviyasichi, muxlislar kamayib ketdi. Muxlis kam stadionda o'ynash zerikarlimi, bu kayfiyatga ta’sir qiladimi?
– Futbolchini mehnatiga muxlis baho beradi. Haqiqatdan ham muxlis bo'lmasa qiziqish so'nadi. Jamoalar kuchayapti-yu, muxlislar uchun qiziq bo'lmayapti. Terma jamoamiz ham yomon natijalar ko'rsatmadi. Lekin bari-bir yaxshi bo'ladi. Bunday qolib kyetmaydi deb o'ylayman. Yana yoshlarga yaxshi e'tibor berishimiz kerak. Chet elda o'ynaydigan legionerlarimiz ko'paysin. 40ta legionerimiz bo'lsa va undan hech bo'lmasa 20ta MTJga nomzod bo'lsin shunda katta muaffaqiyatlarga erishamiz.
– Oliy ligani bugungi holatiga kelib qolishiga ko'proq nimalar sabab bo'lyapti deb o'ylaysiz, hakamlar, stadion infrastrukturasi, maydon maysasi?
– Hakamlarni muhokama qilmayman. Sharoitlar ham chakki emas. Ochig'i bilmadim...
Nodirxo'ja Yuldashev