

"Jamoamiz bu mavsumda Angliya chempioniga aylanadi", – dedi tajribali tayanch yarim himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Ruben Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" milliy chempionatda bor-yo'g'i 15-o'rinni egallab, evrokuboklardan chetda qoldi. Manchester klubi APL ilk turida Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Kazemiro o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida Angliya chempionatida 24 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.



