Kazemiro: "Braziliya Shveytsariya Serbiyadan kuchliroq ekanligini bilardi"

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Shveytsariya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) fikr bildirdi.

"Turnir boshlanishidan oldin guruhimiz qiyin ekanligidan xabardor edik. Serbiya o'z o'yinini qanday tashkil qilishni biladigan kuchli jamoa. Shveytsariya terma jamoasi bilan uchrashuv yanada qiyin bo'lishini bilardik. Biz sabr qildik, detallarga e'tibor qaratdik va to'p bizda bo'lishini kutdik. Yaxshiyamki, gol urdik.

Asosiy maqsadimiz pley-offga chiqish edi. Biz joylashgan qiyin guruhni hisobga olsak, bu muhim edi. Qiyinchiliklarni engib o'tdik va sabr-toqatimiz uchun mukofot oldik", – dedi Kazemiro.




Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte