Kavani yubiley golini kiritdi

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019
PSJ hujumchisi Edinson Kavani Fransiya chempionatining 21-turi doirasida "Gengam"ga qarshi o'yinda gol kiritdi.

Bu gol futbolchi uchun Liga1dagi 100-goli bo'ldi. Ayni damda bu natija Parij klubidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. U PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

31 yoshli Kavagi 2013 yilning yozida 65 million evro evaziga "Napoli"dan PSJga o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 267 o'yinda qatnashib, 186 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com