Kavani "Vilyarreal" bilan "1+1" sxemasida shartnoma imzolaydi

Alisher
19 avg 2022
Hujumchi Edinson Kavani faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettirishi mumkin.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichda. Shartnoma bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.

Kavani 1 iyulda "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng klubdan ketdi.

35 yoshli urugvaylik o'tgan mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: AS