"Katta salohiyatga ega ko'p qirrali himoyachi". Arteta - Kivyor transferi haqida

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023
Arteta "Speciya" himoyachisi Kivyorning transferi haqida fikr bildirdi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Speciya" himoyachisi Yakub Kivyorning transferi haqida fikr bildirdi.

"U ko'p qirrali yosh himoyachi. Oxirgi klub tarkibida u yuqori o'yin sifati bilan ajralib turdi. U Polsha terma jamoasida ham xalqaro miqyosda o'zini namoyon etdi. Endi bizning himoyamiz yanada kuchli va sifatli bo'ladi, u bilan ishlashni intiqlik bilan kutamiz", – dedi Arteta "kanonirlar" matbuot xizmatiga.

Avvalroq Polsha terma jamoasi futbolchisi "Arsenal" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Transfer summasi 25 million evroga baholanmoqda.

22 yoshli Kivyor joriy mavsum "Speciya" tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushdi. 2022 yilgi jahon chempionatida Polsha terma jamoasi libosida 4 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com