

Qayd etilishicha, 2026 yilning yozida bir qator yangi futbolchilar kelishi mumkin.
"Daily Mail"ning xabar berishicha, shu davrda "qizil iblislar" yarim himoyaning deyarli barcha asosiy o'yinchilari - Brunu Fernandesh, Kazemiro, Kobbi Maynu va Manuel Ugarteni qo'yib yuborishga tayyor. Hozircha "Old Trafford"da bunday juda keskin qadamga borishadimi-yo'qmi, noma'lum.
Qishda yarim himoya chizig'ini bosqichma-bosqich yangilash ehtimoli past. Yanvar oyida transfer bozorida shoshma-shosharlik qilish arzimaydi - MYU faqatgina yozga qoldirib bo'lmaydigan bitim bo'lsagina yangi futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.



