Katanets Osiyo kubogidagi raqiblari haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
11 may 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining qur'a natijalariga ko'ra, guruhdagi bo'lajak raqiblari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimiz "B" guruhida Avstraliya, Suriya va Hindistonga qarshi kurash olib boradi.

"Qur'a natijalari haqida gapiradigan bo'lsam, barcha guruhlar bir-biriga yaqin darajada, yani har bir guruh juda murakkab. Bizning guruhdagi Avstraliya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri sanaladi. Suriyani ham hurmat qilamiz. Ularda kuchli futbolchilar, shu jumladan, yaxshi hujumchilar mavjud. Shu bois, bu jamoaga qarshi o'yinda ehtiyot bo'lishimiz lozim. Hindistonning turnirda bor kuchini berib o'ynashiga ishonaman. Ularning bazi uchrashuvlarini kuzatganman. Jamoada bosh murabbiy xorvatiyalik Igor Shtimac hisoblanadi. U juda yaxshi mutaxassis va jamoani turnirga yaxshi tayyorlay oladi. O'ylaymanki, biz qita birinchiligiga tayyor holatda boramiz. Barcha futbolchilarimiz jarohatlarsiz musobaqaga yetib borishiga umid qilaman. Yaxshi natija ko'rsatishimizga ishonaman", dedi Katanets.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia