Kataloniya termasi bosh murabbiyi: "Pike biz tufayli Ispaniya termasidan kyetmadi"

Mirjalol Normatov
24 mar 2019
Kataloniya termasi bosh murabbiyi Xerard Lopes 32 yoshli himoyachi Xerar Pikening Ispaniya termasidagi faoliyatini yakunlagani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Pike Kataloniya termasi uchun Ispaniya termasidan kyetmadi. U termada ancha vaqt o'ynadi va faoliyatni yakunlash uchun muqobil bil yoshda ekanligini tushundi. Undan tashqari, Pike terma tarkibida barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi", - dedi Lopes.

Dushanba kuni Kataloniya termasi Jironada Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS