Kasorlani albatta La Ligada ko'ramiz. U yana bir mavsum "Ovedo"da qoladi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025, 18:21
Santi allaqachon buni klub rahbariyatiga bildirgan.

Bu haqda prezident Martin Peles "La Nueva España" gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

"Santi shunchaki futbolchi emas, u klubning ruhi. Biz uning tanlovini hurmat bilan kutdik. Hozir buni rasman ma'lum qilsak bo'ladi: u biz bilan".

Kasorla 195 ming evro oladi. Bu – La Ligada futbolchi topadigan minimal maosh. Santi umuman pulga muhtoj emas – u tekin o'ynashga ham tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Nueva España