Kasilyas: "Meni terma jamoaga chaqirmay qo'yishdi va men "Portu"da yaxshi o'ynay boshladim"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2017
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyasning so'zlariga ko'ra, u joriy mavsumni avvalgisidan yaxshiroq o'tkazmoqda.

"Mendan avvalgi formamni tiklaganim haqida ko'p so'rashadi. Har futbolchiga yangi sharoitga ko'nikish uchun vaqt kerak bo'ladi. Bir jamoada uzoq vaqt o'ynab, boshqasiga o'tsangiz o'zgarishlar g'alatidek tuyuladi. O'tgan yilda o'z darajamda o'ynamadim, ammo hozir o'zimga bo'lgan ishonch tiklandi va natija ham shunga yarasha. Meni Ispaniya terma jamoasiga chaqirmay qo'yishdi, shu sababli bor e'tiborni klubga qaratyapman. O'zimni maydonda yaxshi his qilyapman" - deydi Kasilyas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com