"Real" hujumchisi "Bayer"ga qaytadi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2024
Iker Bravo borasida qaror qabul qilindi.

Ispaniyaning "Real" klubi hujumchisi Iker Bravo ijara asosida Germaniyaning "Bayer" jamoasiga qaytmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, 19 yoshli Bravo bo'yicha qaror allaqachon qabul qilingan.

Iker Bravo ushbu mavsum "Real" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano