Kasilyas kimni dunyoning eng kuchli darvozaboni deb hisoblaydi?

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2022, 01:17
Madridning "Real" klubi hamda Ispaniya MTJ sobiq posboni Iker Kasilyas dunyoning birinchi raqamli posboni kimligini aytdi.

"Kurtuaga teng keladigani yo'q – u dunyoning eng yaxshi darvozaboni", – dedi Kasilyas. 

Kurtua joriy mavsumda La Ligada 21 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol o'tkazib yubordi va 7 ta "quruq" bahs o'tkazdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/ikercasillas