Kasalxonaga olib ketilgan "Portu" himoyachisi Danilo jiddiy jarohat olmagan ekan

Aslanov Jasurbek
11 mar 2015
"Bazel"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozaboni Fabiano bilan to'qnashib kyetib, xushini yo'qotgan "Portu" himoyachisi Danilo jiddiy jarohat olmagani ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, maydonda xushsiz yotgan futbolchini "tez yordam" mashinasida kasalxonaga olib ketishgan edi.

"Daniloda jiddiy jarohat yo'q. U ayni damda kasalxonada nazorat ostida" - deyiladi klub rasmiy "tvitteri" bergan izohda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com