Karvaxal: "Atletiko" bilan javob o'yinida "Real"ni favorit deya olmayman"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2015
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final birinchi uchrashuvi (0:0) haqida o'z fikrini bildirdi.

"Birinchi bo'limda ustunlik biz tomonda bo'ldi, ikkinchi bo'limda ham shunga harakat qildik, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik. Maydon holati bizga sifatli futbol namoyish etishga halaqit berdi. Endi hammasi "Santyago Bernabeu"da hal bo'ladi.

Biz javob o'yinida favoritmiz deya olmayman. "Atletiko" juda qiyin raqib" - deydi himoyachi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com