

"Men Muhammad Saloh va uning agentiga eslatmoqchimanki, u "Liverpul"ga qo'shilishidan oldin "Chelsi"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam sifatida tanilgandi. Bu shunchaki fakt.
U, shuningdek, o'z mamlakati ko'rgan eng buyuk o'yinchi. Misr - Afrika Millatlari Kubogidagi eng muvaffaqiyatli jamoa. Biroq Saloh hech qachon Afrika Millatlari Kubogida g'olib chiqmagan.
Men uni futbolchi sifatida kamsitmoqchi emasman. Lekin sen "Liverpul"ga kelganingda yulduz emasding.
Qanchalik kuchli bo'lishingdan qatiy nazar senga jamoadoshlaring, murabbiy va muxlislarning yordami kerak.
Unga buni eslatib qo'yish muhim. U gapirganida, faqat "Men, men va men!", deb gapirmoqda", – dedi Karrager.

Avvalroq "Liverpul" Salohning o'rniga Germaniyadan futbolchi topib qo'ygani xabar qilingandi.



