

YCHL guruh bosqichining 3-turida Mikel Arteta shogirdlari "Atletiko"ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi.
"Menimcha, hozirgi paytda "Arsenal" va "Bavariya" – ichki chempionatda ham, YCHLda ham eng kuchli jamoalar.
Men "Arsenal"ni Chempionlar Ligasida yuqori natijalarga erisha oladigan jamoa deb hisoblamaganman. Ular hali YCHLni yutmagan, "Arsenal"ga har doim nimadir yetishmagan.
Terri Anri davridagi "Arsenal" Premer-ligada men qarshi o'ynagan eng kuchli jamoa edi, lekin hatto o'sha jamoa ham YCHLni yutishga etarlicha yaqin bo'lmagan. Finalga yetib borgan jamoa ham chempion emas edi.
Hozirgi jamoani kuzatar ekanman, ularning himoyada qay darajada kuchli ekanini ko'ryapman. Mening "Liverpul"im, 2005 yilda YCHLni yutgan jamoa, hujumda ideal emasdi, lekin himoyada juda kuchli edik. Bu jihat har doim senga imkoniyat beradi, ayniqsa, pley-offda ikki o'yinli to'qnashuvlarda. Agar himoyada kuchli bo'lsang, har doim imkoniyating bor.
Shuning uchun, ha, men "Arsenal"ni bu musobaqani yutishi mumkin bo'lgan to'rt yoki besh klubdan biri deb hisoblayman", – dedi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi CBS Sports efirida.



