Karrager: "Agar Mourinyo MYUni tark etsa, uni hech bir top-klub yollamaydi"

Aslanov Jasurbek
25 avg 2018
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, agar Joze Mourinyo "Manchester Yunayted"dan ketsa, mutaxassis yangi ish topishi qiyin bo'ladi.

"Agar Mourinyo "Manchester Yunayted"ni tark etsa, hech bir top-klub uni yollashni istamaydi. Ha, u avvalgidek dunyoning hurmatga loqiy va talabgir mutaxassislaridan biri, ammo uning yangi ish joyi darajasi pastroq bo'lishi kerak.

Unga yulduz olib kelish kerak bo'lgan barqaror jamoa emas, balki islohotlar shart bo'lgan klub kerak. "Real" va "Barselona" Mourinyo uchun variant bo'la olmaydi, "Yuventus" ham. Uning faolitiga dog' tushgan va MYUda o'zgarish bo'lmasa, Jozeda tanlash uchun katta tanlov bo'lishiga ishonmayman" - deydi Karrager.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph