Karpin Shomurodov haqida: "RPLning grand klubiga o'tgandan ko'ra, g'arbga yo'l olgani maqul"

Alisher
14 avg 2019, 10:40
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoa forvardi Eldor Shomurodovning jamoadan ketishi mumkinligiga izoh berdi.

- Hozir matbuotning bor e'tibori Shomurodovda. Uning bundan boshi aylanib ketmayaptimi?

- Bugun bunday bo'lishi kerak emas. Eldor - juda kamtar, aqlli, mulohazali va adekvat yigit. U hozir nima bo'layotganini to'g'ri tushuna oladi.


- Yaqinda unga SSKA klubi qiziqish bildirgani rostmi?

- Bu savol menga berilishi kerak emas. Kim bilan kim aloqaga chiqqan bunisini bilmayman, umuman bu haqda hech narsa bilmayman.


- Siz uning fikriga, yani Rossiya grandiga emas, Yevropaga ketmoqchi ekanligiga qanday qaraysiz?

- Umuman olganda uning fikriga qo'shilaman. Men uning "Rostov"da o'ynashini xohlardim. Keyinchalik unga shunday taklif tushsa, RPLning nomdor klublaridan ko'ra, g'arbga ketgani yaxshiroq. Albatta, Yevropa grandlarida o'ynash oson ish emas. Boshida oddiyroq jamoada o'ynab turib, keyinchalik yuqoriga intilishi mumkin, - deydi Karpin.


Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Eldor Shomurodov RPLning ortda qolgan 5ta turida 4ta gol urgan holda Artyom Dzyuba ("Zenit") va Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov") bilan birgalikda to'purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru