Karlush Keyrush: "Rossiya Jahon chempionatini yutishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
28 fev 2018
Ayri paytda Eron terma jamoasini boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush Rossiya JCH-2018da g'olib bo'lishi mumkin deb hisoblamoqda.

"Biz Rossiya bilan to'qnash keldik (Rossiya va Eron 2017 yilning 10 oktyabr sanasida, Qozonda o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazgan - 1:1). Oxirgi yilda sizning terma jamoangiz ulkan o'sishga erishdi, Konfederatsiyalar kubogida jamoa o'ziga ishongan tarzda ko'rindi. Hozir bu guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgan juda kuchli jamoa.

O'ylashimcha, ruslar hatto mundialni yutishlari ham mumkin. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, nima uchun yo'q? Konfederatsiyalar kubogida men sayyoraning istalgan jamoasi bilan tengma-teng o'ynay oladigan Rossiya terma jamoasini ko'rdim. Sizda yaxshi murabbiy, motivaciya va muxlislar tomonidan ajoyib qo'llab-quvvatlash bor", - deya Keyrushning so'zlarini keltirdi "TASS" axborot agentligi.


Eslatib o'tamiz, Karlush Keyrush Jahon chempionatidan so'ng juda katta ehtimol bilan O'zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilib oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: tass.ru