Karlo Anchelotti: "Tarkibimizdan ko'nglim to'q. Kroosning o'rnini bilintirmaslik uchun salohiyatimiz etarli"

Omonjon To`xtamirzayev
1 avg 2024, 12:46
Karlo Anchelotti "Real"da jamlangan tarkibdan to'liq qoniqish hosil qilayotganini ma'lum qildi.


– Ayni damda nimadan xavotirdasiz? Tizim, futbolchilarning jismoniy holati?

– To'g'risini aytsam, men umuman xavotir olmayapman. Qo'l ostimdagi jamoaning barcha chiziqlarida ajoyib futbolchi jamlangan, qo'shimchasiga fantastik o'yinchi Mbappe ham safimizga qo'shildi.

Aytib o'tganimdek, birinchi o'yinlarga tayyorlanish uchun vaqtimiz u qadar ko'p emas. Biroq yetakchilarimiz ajoyib sport formasida qaytishiga ishonaman. Ular jamoa safiga qo'shilishidan 15 kun avvaldan boshlanadigan maxsus dastur mavjud. Hozir eng muhimi – bu ularning dam olishi.

Kroos bizga yetishmayotgani o'ylantirmoqda, lekin uning yo'qligini bildirmaslik uchun imkoniyatlarimiz etarli, deb o'ylayman. Bevosita uning o'rnini bosadigan futbolchi haqida gapirmayapman, chunki Tonining darajasi o'ta yuqori, lekin umumiy olganda salohiyatimiz etarli", – dedi "Real" ustozi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS