Karlo Anchelotti: "Real"da kim asosiy tarkib darvozaboni bo'lishini hali hal qilganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
19 avg 2013
"Betis"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng, "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hali asosiy darvozabon masalasini o'zi uchun hal etgani yo'q ekanini aytib o'tdi.

"Bu uchrashuvda men Diego Lopaesni amaydonga tushirishga qaror qildim. Hozircha kim asosiy darvozabon bo'lishi haqida bir qarorga kelganim yo'q. Keyingi o'yinda kim maydonga tushishini hozir ayta olmayman".

"Bugun biz juda ko'p yaxshi vaziyatlarni yarata oldik. Lekin himoyada muammolar etarli bo'ldi. Bizda ajoyib tarkib bor. Zahiradan maydonga tushgan Alvaro Morata, Anxel Di Mariya va Karlos Kasemiro o'yinni ancha kuchaytirishdi".

"Isko bugungi o'yinda bor kuchini berib harakat qildi va ajoyib golga mualliflik qildi", deya Anchelotti so'zlaridan madridliklar rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net