Karlo Anchelotti Kurtua "Kadis"ga qarshi maydonga tushishi mumkinligini tasdiqladi

Omonjon To`xtamirzayev
25 apr 2024
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Tibo Kurtua jarohatdan to'liq forig' bo'lganini ma'lum qildi.

"Tibo o'zini yaxshi his qilmoqda va "Kadis"ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Uning tiklanish jarayoni ko'ngildagidek o'tmoqda".

Eslatib o'tamiz, Tibo Kurtua jarohat sabab bu mavsum hali birorta o'yinda maydonga tushmagan. "Kadis"ga qarshi uchrashuv 4 may sanasiga belgilangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо