Karlo Anchelotti: "Bu mening "Real"dagi asal oyim, bu erda uzoq yillar qolishga umid qilaman"

Alisher
21 sen 2021
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi ishidan hislari haqida gapirdi.

"Mening "Real"dagi asal oyim, bu erda uzoq yillar qolishga umid qilaman.

Boshqalar kabi biz ham mavsumni bir qator qiyinchiliklar bilan boshladik. Ammo, bizda aqlbovar qilmas jamoaviy ruh bor. Biz jamoaning xarakteriga tayanib, o'yinlar davomida o'zgarishlar qila oldik", - deydi italiyalik.

Anchelotti oldin ham "Real" (2013-2015)da ishlagan va Chempionlar Ligasi, klublar o'rtasidagi JCH, Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.




AlisherMuallif
Manba: Marca