Karlo Anchelotti: Braziliya terma jamoasi mundial favoriti

Anchelotti JCH-2018 dan avval musobaqa favoritlari haqida gapirdi.

“Braziliya terma jamoasi mundial favoriti, sababi uning murabbiyi Tite eng kuchli mudofaa chizig'ini yaratdi, u ajoyib hujumchilar bilan uyg'un holda ishlaydi. Odatda Jahon chempionatida Argentina, Germaniya va Ispaniya joy olgan guruhdan chiqqan jamoa g'alaba qozonadi. Afsuski, JCH-2018 ishtirokchilari orasida Italiya yo'q. Mundialda syurpriz qilishi mumkin bo'lganlarga keladigan bo'lsak, men Belgiyani ko'rsatgan bo'lardim. Bu jamoadagi ko'pchilik o'yinchilar Angliya Premer-ligasida o'ynaydi. Shuningdek, tajribali Xorvatiya termasini ham tilga olishim mumkin”,-deydi Anchelotti.


Manba: AS