Karl-Xaync Rummenigge: Klaus Allofs tinchlansin: Bavariya de Bryuyneni sotib olishga urinib ham ko'rmaydi

Bavariya klubi kengash raisi Karl-Xaync Rummenigge Volfsburg yetakchisi Kevin de Bryuyneni sotib olishni rejalashtirmayotganini ta'kidlab o'tdi.

"Men boshqa jamoa bilan shartnomaga ega futbolchilarni hurmatini joyiga qo'yish fikrini qo'llab-quvvatlayman. Kevin de Bryuyneni "bo'rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan. Biz ushbu transferga qo'shilishni istaymaymiz. "Volfsburg"ga ortiqcha bosh og'riq tug'dirmoqchi emasmiz. Kevin juda ajoyib futbolchi. Bu borada gap bo'lishi mumkin emas. Lekin u sotilmaydi. Allofs aytdiki, Kevin 99,9 foiz "Volfsburg"da qoladi. Men shuni aytishim mumkinki, "Bavariya" shu 0,1 foizli imkoniyatdan ham foydalanmoqchi emas. Mayli, shu kichik imkoniyatdan Angliya jamoalaridagi hamkasblarim bosh qotiraverishsin", - deydi Rummenigge.

Eslatib o'tamiz, Kevin de Bryuynening xizmatlariga Angliyaning "Manchester Siti" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.


Manba: sports.ru