Karl-Xaync Rummenigge: "Bavariya" hech qachon Gvardiolani bo'shatmaydi"

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2014, 17:32
Bavariya raisi Karl-Xaync Rummenigge klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola hech qachon lavozimidan bo'shatilmasligini ma'lum qildi.
Bavariya hech qachon Pep Gvardiolani iste'foga chiqarmaydi. U 2016 yil 30 iyuniga qadar bizning jamoada ishlaydi, o'sha vaqtda shartnomasi tugaydi.

Hozir jamoamizning bir qator futbolchilari Jahon chempioni bo'lishdi. Shu haftada Pep menga shunday dedi: Nima qilishni bilaman , vaziyatdan qanday chiqishni bilaman.

Pep 2010 yilda shunday muammoga to'qnash kelgan. O'shanda Barselonaning bir qator futbolchilari JCH-2010dagi g'alabadan so'ng klub ixtiyoriga kelib qo'shilishgandi", - deydi Rummennigge Bild nashri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net